2022-yilning 12-mart sanasida UrDU konferensiyalar zalida “Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Unda Urganch shahar sudyasi S.Hamroqulov, Urganch shahar sudi raisi M.Hasanov, Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Otaniyozov hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tadbir mehmonlari mavzu yuzasidan soʻzga chiqib, mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha atroflicha maʼlumot berdilar.


