Bugun Fizika-matematika fakultetida “Vatan kelajagi uchun barchamiz birdek daxldormiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlari, 194-Matematika, 203-Amaliy matematika, 204-Matematika (rus) guruhi talabalari hamda "Marketing va talabalar amaliyoti" bo‘limi boshlig‘i Q.Yo‘ldoshev, 5-son TTJ mudiri Q.Roʻzmetovlar ishtirokidagi ushbu uchrashuvda Shovot tumanidagi “Usta Matsafo” fermer xoʻjaligi rahbari, xalq taʼlimi faoli, “Shuhrat” medali sohibi Sh.M.Oʻdaboyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zaxiradagi podpolkovnigi I.Oʻ.Rahimovlar mehmon boʻlishdi.
Tadbir mehmonlari soʻzi avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobining mazmun-mohiyati va undagi dolzarb masalalarga toʻxtaldilar.
Shuningdek, bugungi kundagi oʻz faoliyatlari, erishgan yutuqlari haqida gapirar ekanlar, albatta bular davlatimiz rahbari tomonidan munosib eʼtirof etilganligini gʻurur bilan tilga olishdi.
“Yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini asrab-avlaylash har birimizning vatan oldidagi muqaddas burchimiz” - deya alohida taʼkidladilar.
Barcha sohalarda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, albatta, yoshlar siz yoshlar uchun deya taʼkidlab, kelajakda qaysi kasbni egallashingizdan qatʼiy nazar fidoyi va tashabbuskor inson boʻlishlarini tiladilar.
Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar va tavsiyalar olishdi.


