“Yangi boʻrloq” mahallasidagi 7-son maktabda Fizika-matematika fakultetining haftaligi boʻlib oʻtdi

UrDU Fizika-matematika fakulteti jamoasi Shovot tumanining “Yangi boʻrloq” mahallasida joylashgan 7-son umumtaʼlim maktabida ortda qolgan hafta davomida   maktab oʻquvchilari ishtirokida turli tadbirlar, tanlov va oʻyinlar, mahorat darslarini olib borishdi. 

Xususan, “Fizika” kafedrasi katta oʻqituvchisi O.Avezmuratov, “Matematik injiniring” kafedrasi mudiri  A.Reyimberganov,   “Amaliy matematika va matematik fizika” kafedrasi oʻqituvchisi X.Yoqubov, “Matematik tahlil” kafedrasi oʻqituvchisi  U.Sobirovlar fizika, matematika va informatika fanlaridan  mahorat darslarini tashkil qildilar.   

Haftalik davomida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini D.Yusupov boshchiligida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazilib, unda maktab oʻquvchilari katta ishtiyoq va qiziqish bilan oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.  

Haftalik yakunida esa fakultetning  iqtidorli talabalari, "Oʻzgacha"  QVZ  jamoasi  aʼzolari oʻz chiqishlarini namoyish etdilar. 

urdu.uz, “Yangi boʻrloq” mahallasidagi 7-son maktabda Fizika-matematika fakultetining haftaligi boʻlib oʻtdi