2022-yil 16-aprel sanasida Filologiya fakulteti tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining aprel oyi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Filologiya, Xorijiy filologiya, Tarix, Jismoniy madaniyat, Tenika hamda Pedagogika fakultetlaridan jami 7 nafar talaba mahorat maydonida kuch sinashdilar.
Mazkur ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh tashabbuskor, shijoatli, notiqlik mahoratini namoyon etishda o'zini sinash istagidagi talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Raisov Shamsiddin - Xorijiy filologiya fakulteti talabasi
2-o'rin: Aminov Bahodir - Tarix fakulteti talabasi
3-o'rin: Matqilichev Ahmadjon - Filologiya fakulteti talabasi
Tadbir yakunida "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi mudiri, dots. A.Primov: “Mazkur tanlovga bo'lgan qiziqishning kundan kunga ortib borishi, raqobatning kuchayishiga sabab bo'lmoqda va bu hol bizni quvontirmoqda”, - deya alohida ta'kidlab o'tdi.
Faxrli oʻrin sohiblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.



