2022-yil 16-aprel sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda Urganch shahar Davlat soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi M.Masharipov va oʻrinbosari J.Otajonovlar, UrDU birinchi prorektori S.Davletov, rektor maslahatchisi R.Sharipov, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti J.Iskandarov, Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi, psixologlar, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdilar.
Seminar ishini anʼanaga muvofiq, UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov ochib berib, talabalar bilan ishlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida tyutorlarning vazifalari haqida maʼruza qildi.
Oʻquv-seminarda tyutorlarga ijarada yashovchi talabalar bilan xonadon egalari oʻrtasida ijara shartnomasini tuzish tartibi – qoidalari haqida maʼlumotlar berildi. Universitetda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi ishtirokini yanada kuchaytirish borasida takliflar hamda bugungi kunda tyutorlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish, talabalar bilan muloqot qilish hamda ishlashda zarur ilmiy-psixologik tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tyutorlarning oʻtgan 2 oylik faoliyati monitoringgi natijalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olindi.
Oʻquv-seminar davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni oldilar. Bu kabi seminar-treninglar soha mutaxassislari uchun kasbiy malaka va mahoratlarini oshirishda keng imkoniyatlar yaratishiga aminmiz.


