Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublikamiz boʻylab "Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Bugun, 21-aprel kuni ushbu haftalik doirasida viloyatimiz markazida joylashgan Amir Temur nomidagi istirohat bog‘ida o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari, talabalar, harbiy xizmatchilar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida kitob bayramlari, kitob savdo ko‘rgazma-yarmarkalari, intellektual sovrinli viktorinalar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Urganch davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, tyutorlari va talabalari faol ishtirok etishdi.



