Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida kelgan ishchi guruh a’zolari: Mamarajab Tajiyev hamda Marat Salimovlar oʻrganishlar avvalida universitet rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdilar.
Oʻrganishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlanishi hamda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida oliy ta’lim muassasalariga yetkazib berilgan o‘quv laboratoriya jihozlaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanish holati bo‘yicha tahlil qilish rejalashtirilgan.


