Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida kelgan ishchi guruh a’zolari: Mamarajab Tajiyev hamda Marat Salimovlar oʻrganishlar doirasida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida boʻldilar.
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar. Fakultetning laboratoriya xonalarini koʻrdilar. Dars jarayonlarini kuzatib, laboratoriya jihozlaridan darslar foydalanish holatlari bilan qiziqdilar. Talaba-yoshlar bilan suhbatda boʻlib, kamchiliklari haqida soʻradilar.


