Bugun, 17-may kuni Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar Maslahat kengashi tashabbusi bilan universitetning iqtidorli talaba-qizlari oʻrtasida “Isteʼdod, iqtidor va ragʻbat” mavzusida iqtidorli qizlar festivali o'tkazildi.
Tadbir talaba-qizlarni isteʼdodlarini keng namoyish qilish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish, kasb-hunarga oʻrgatish, oʻzbekona urf-odat va qadriyatlar, muomala madaniyati mezonlari bilan tanishtirish, oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida tashkil qilindi.
Festival ishtirokchilari:
✔️Suxandonlik
✔️Ijodkorlik (sheʼr, hikoya)
✔️Jonli ijroda qoʻshiq
✔️Raqs
✔️Rassomchilik
✔️Innovatsion gʻoya yoki loyiha
✔️Tikuvchilik
✔️Toʻquvchilik
✔️Biser (munchoqlar) yasash
✔️ Tarjimonlik
✔️ Aktyorlik
✔️ Sport ustasa
✔️ Karving sanʼati
✔️Oshpazlik mahorati
✔️ Sartaroshlik (eng yaxshi talaba qiz turmagi)
✔️Qoʻgʻirchoq yasash
✔️Eng yaxshi kashtadoʻz
✔️Eng yaxshi quroq egasi
kabi nominatsiyalar boʻyicha yigirma nafardan oshiq talaba-qizlar oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar.
Barcha gʻolib va sovrindorlarga UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva boshchiligida Diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.


