Bugun mazkur tadbir Tabiiy fanlar fakultetining 196-biologiya (rus), 193-kartografiya va 211-biologiya(rus) guruhlari talabalari ishtirokida fakultet tyutori K.Ibodullayev boshchiligida oʻtkazildi.
Tadbirga Xorazm viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriysi, isteʼfodagi mayor, Urganch shahar 24-son umumtaʼlim maktabi Milliy gvardiyaga ixtisoslashtirilgan guruh komandiri J.Niyozmetov taklif qilindi.
«Vatanparvar - o'z vatani kamoloti yo'lida o'z xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-g'ayrati tugul jonini ham ayamaydigan, xalqi va vatanining ozodligi, farovonligi uchun bor kuchini fido qiluvchi insondir», - deya taʼkidladi tadbir mehmoni.
Yurt tinchligini himoya qilishda har bir soha vakillari o'z sohasi doirasida hissa qo'shishlari lozimligi uchrashuv maʼruzalarining mazmunini tashkil etdi.


