“Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Bugun, 24-may sanasida Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatida oʻtkazilayotgan “Innowomenweek” xotin-qizlar innovatsion haftaligi doirasida  “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.  

Unda  Xorazm viloyati hokimligi vakillari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari, professor-oʻqituvchilar, yosh olima ayollar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy seminar UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Kurbanbayevalarning kirish soʻzlari bilan boshlandi. 

Seminarning ilk maʼruzasi “Innovatsion taraqqiyotda xotin-qizlar faolligini oshirish” haqida boʻlib, mavzu asnosida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimovning maʼruzasi tinglandi. 

Seminar davomida soʻz olganlar  mamlakatimiz xotin-qizlarining innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash,  tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk obyektlarini  huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish masalalari yuzasidan maʼruza qildilar. 

urdu.uz, “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi