Bugun, 25-may kuni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining galdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Navoiy gʻazallari talabalar tomonidan mohirona bayon etildi.
Tanlovning ushbu sonida 3 nafar ishtirokchi she‘riyat mulkining sultoni nazmidan namunalarni yoddan, ifodali oʻqish, asarlari tarkibidagi so'zlarning lug'aviy ma'nosini tahlil qilish, baytlarini sharhlash orqali ijodiy maydonda bahsga kirishdilar.
Tadbirning badiiy qismi 208 - o‘zbek tili guruhining iqtidorli talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy-qo‘shiqlar, raqslar va “Shoh Gʻoziy” sahna ko‘rinishi ijro qilindi.
3 ta shartda faol qatnashgan talabalar hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko'ra:
1-o'rin: 204-guruh talabasi Shomurotova Risolat
2-o'rin: 204-guruh talabasi Tursunboyeva Ozoda
3-o'rin: 206-guruh talabasi Saʼdullayeva Sevara
Tanlov g'oliblari hamda kechaning faol talabalariga ushbu koʻrik-tanlovning hayʼat raisi, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.