Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari U.Abdalov, R.Aniyozov, U.Mahmudov, U.Xo‘jamuratov, Sh.Qadambayev va fakultet talabalari, Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeolog olimlari R.Abdrimov, B.Saʼdullayev, Sh.Raximov, F.Tadjiyeva bilan birgalikda Shovot tumanining “Katqal’a” yodgorligida arxeologik amaliyot olib bormoqdalar.
Tadqiqotlar davomida arxaik davr, antik davr, ilk o‘rta asrlar, rivojlangan o‘rta asrlar davri madaniy qatlamlari ochib o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar jarayonida turli xil sopol buyumlar, xumlar, xumchalar, sopol qozonlar, ko‘zalar, inson va hayvon haykalchalari topildi. Shu bilan birga, ilk antik davrga tegishli bo‘lgan me’moriy inshoot, so‘nggi antik davrga oid turar joy qoldiqlari ham o‘rganildi. Ushbu tadqiqotlar Janubiy Xorazmda arxaik davrdan to o‘rta asrlargacha bo‘lgan davr shaharsozlik madaniyati muammolarini o‘rganishga hizmat qiladi.


