Shu yilning 17-oktabr kuni “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra dotsenti A.Primov, mustaqil tadqiqotchi R.Mahmudov va magistrant M.Gulumovlar ilmiy maʼruzalar qilishdi. Seminarda kafedraning barcha professor-oʻqituvchilari, doktarantlar, mustaqil izlanuvchi va magistrantlar qatnashishdi.