Konferensiya doirasidagi seminarlarda xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilmiy markazlaridan tashrif buyurgan va respublikamizning taniqli matematik olimlari bevosita hamda ZOOM dasturi orqali ishtirok etmoqdalar.
Bugungi seminarni UrDU Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Gʻ.Oʻrazboyev “Manbali Garry Dym tenglamasini integrallash, to'la nochiziqli elliptik operatorlar ta'rifi” (Integration of the Harry Dym equation with a source, On the definition of fully) mavzusidagi maʼruzasi bilan boshlab berdi.
Ayni damda turli mavzular yuzasidan olimlarning maʼruzalari tinglanmoqda. Maʻruzalar yuzasidan muhokamalar qilinib, oʻzaro fikr almashmoqdalar.