Urganch davlat universitetida 2022-yil 25-28-iyul kunlari oʻtkazilayotgan zamonaviy matematikaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan birinchi al-Xorazmiy xalqaro konferensiyasi ishtirokchilari tomonidan kecha kun davomida soʻnggi maʼruzalar qilindi.
Maʼruzalar “Manbali Garry Dym tenglamasini integrallash, to'la nochiziqli elliptik operatorlar ta'rifi”, “Gorizontalsimon akslantirishlar uchun dinamik darajalarning monotonligi”, “Gradient Gibbs o'lchovlari”, “Gromov Hausdorff sinfining geometriyasi haqida”, “Vektor maydonlarining geometriyasi va ikki o'lchovli issiqlik tenglamasi” mavzularida boʻlib, bu borada olimlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu bilan xalqaro konferensiya ishi oʻz nihoyasiga yetdi. Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, mazkur xalqaro konferensiya bilan bir vaqtda universitetimiz yoshlari qolaversa, AQShdan tashrif buyurgan 15 nafar PhD doktorantlar hamda O’zbekistonlik 10 nafar yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro maktab doirasidagi maxsus kurslar hali davom etadi va ushbu mashgʻulotlarda xorijlik olimlar maʼruza oʻqiydilar.