Joriy yilning 12-sentabrida AQSH elchixonasining “Ingliz tili dasturi” kordinatori Feruzbek Akobirov va Vashington ta’lim departamenti “EL Fellow and EL Specialist” dasturi katta xodimi Ann Margaret Steingraeber Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif avvalida mehmonlar universitet rektori B.Abdullayev bilan uchrashdilar. Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Xodjaniyazov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov, Xorijiy Filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazov, “Roman-German filologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Masharipova hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i E.Yo‘ldashovlar ishtirok etdi.
Oʻzaro muloqot chogʻida Urganch davlat universitetining AQSH elchixonasi bilan hamkorlikdagi loyihalari haqida soʻz yuritildi va kelgusidagi ko‘plab loyihalar tadqiqi to‘g‘risida suhbat qilindi. Ann Margaret Steingraeber xonim Alberto Navarro va Viviana Marcellarning Urganch davlat universitetidagi faoliyatlari haqida toʼxtalib o‘tdi. Rektor Bahrom Abdullayev bu dastur mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikdan mamnunligini va bu loyihalar nafaqat Urganch davlat universiteti talabalari uchun, balki, professor-o‘qituvchilari uchun ham mahsuldor loyiha bo‘lishini qayd etdi.
Uchrashuvdan so‘ng, Xorijiy filologiya fakultetida “Biologiya” va “Fakultetlararo chet tillari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, Viviana Marcel tashrif davomida olib boradigan dars mashg‘ulotlarining dars jadvali va mavzularni muhokama qilindi. Shu bilan birga, Alberto Navarroning Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 1-bosqish talabalari bilan tanishtiruvi bo‘lib oʻtdi.