Xorazmda O'zbekiston – Koreya konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda

Joriy yil 6-9 oktabr kunlari Urganch davlat universitetida “Kondensirlangan muhitlar fizikasida yangi tendensiyalar: Kvant informatikasi va past o’lchamli funksional materiallar, topologik izolyatorlar” («New Trends in Condensed Matter Physics: Focus on topological insulators, low-dimensional functional materials and quantum information» ) mavzusida xalqaro O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasini oʻtkazish belgilangan.

Konferensiyaning ilk kuni Xiva shahrining Ichan qalʼa majmuasidagi “Matniyoz devonbegi” madrasasida ochilish marosimi bilan boshlandi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi yillarda respublikamizda turli sohalarda xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar doirasi kengaymoqda.  Jumladan, ushbu O‘zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi ham fizika sohasini dunyo boʻylab yanada rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Anjumanga Oliy va o‘rta maxasus ta’lim vazirligi, Osiyo tinch okeani nazariy fizika markazi,  Moddalar zamonaviy fizikasi va dielektriklar tadqiqot markazi,  O‘zbekiston fizika jamiyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Turin politexnika universiteti, Urganch davlat universiteti hamda Xorazm Maʼmun akademiyasi  bevosita tashkilotchilik qilmoqda.

Konferensiyada Koreya, Germaniya,  Indoneziya, O‘rta Osiyo  davlatlari, jami 10 ga yaqin davlatlardan maʼruzachilar hamda Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining professor-oʻqituvchilari va magistrlari qatnashmoqda.

4 kun davom qiladigan ushbu konferensiyasining ochilish marosimida UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov nutq soʻzlab, mehmonlarga tashrif uchun oʻz mamnuniyatini bildirdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.             

Anjuman davomida Kondensirlangan muhitlar fizikasi, Kvant informatikasi va past o’lchamli funksional materiallar, topologik izolyatorlarga oid eng so’nggi yangiliklar va yangi tendensiyalar haqidagi maʼruzalar  tinglab boriladi. 

Konferensiya oʻz ishini ertadan boshlab Urganch davlat universitetida davom ettiradi.

Xorazmda O'zbekiston – Koreya konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda;urdu.uz

Xorazmda O'zbekiston – Koreya konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda;urdu.uz

Xorazmda O'zbekiston – Koreya konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda;urdu.uz