2022-yil 8-oktabr sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun doimiy oʻquv-seminarining navbatdagi mashgʻuloti bo'lib o'tdi. Unda Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari, psixologlar hamda barcha tyutorlar ishtirok etdi.
Seminar ishida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sanjar Davletov universitetdagi tyutorlarning mehnat faoliyati, talabalar bilan ishlash, ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarni doimiy va vaqtincha yashash sharoitlari bilan tanishish, yoshlar orasida huquqbuzarlik va boshqa illatlar sodir boʻlishini oldini olish bilan bogʻliq masalalar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻquv-seminarida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi psixologlari ham ishtirok etib, tyutorlarning bugungi kundagi ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, talabalar bilan samimiy, do'stona munosabatga kirishish va ulardagi mavjud muammolarni tez anglab bartaraf qilish bo'yicha psixologik tavsiyalar berdilar.
Oʻquv-seminar davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni oldilar.