UrDUda “Magistratura, masofaviy va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha taʼlim masalalari” mavzusida  matbuot anjumani oʻtkazildi

2022-yilning 13-oktabr sanasida Urganch davlat universitetida “Magistratura, masofaviy va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha taʼlim masalalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov, universitet talaba-yoshlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida  prorektor S.Xodjaniyozov spikerlik qilib,  anjuman ishtirokchilariga quyidagi maʼlumotlarni berdi:
- Soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, OTMlarga qamrovning ortib borishi;
- Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining soni ortib borayotganligi, bu esa sogʻlom raqobat muhitini yaratibgina qolmay, taʼlim sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi;
- Urganch davlat universitetida Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy taʼlimning tashkil etilishi;
- Xorijlik talabalarni masofaviy tarzda o‘qitilish yo‘lga qo‘yilganligi;
- Ikkinchi mutaxassislikka imtihonsiz qabulning ahamiyati hamda ikkinchi oliy taʼlim asosan sirtqi shaklda bo‘lishi;
- Magistraturaga til bilish sertifikati orqali kirish mumkinligi. 

Anjuman yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

urdu.uz, UrDUda “Magistratura, masofaviy va ikkinchi mutaxassislik boʻyicha taʼlim masalalari” mavzusida  matbuot anjumani oʻtkazildi