Joriy yil 2-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar Turkiyaning Dicle davlat universitetida boʻldilar.
Mazkur universitet rektori Mehmet Karakaç mehmonlarni mamnuniyat bilan kutib oldi. Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Turkiya azaliy mustahkam do‘stlik rishtalari bilan bogʻlanganligi, ikki qardosh xalqning mushtarak tomonlari haqida iliq fikrlar bildirildi. Ikki universitet rektorlari universitetlarning xorijiy hamkorlik aloqalari xususida bir-birlariga maʻlumot berib, universitetlarning bugungi kundagi faoliyati bilan tanishtirdilar.
Shundan soʻng, mazkur universitet rahbariyati bilan uchrashuv doirasida Dicle davlat universiteti va Urganch davlat universiteti oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashrif doirasida Dicle davlat universiteti Ilmiy markazi hamda Fan fakultetlarida boʻlib, u yerdagi laboratoriyalar bilan yaqindan tanishdilar, talabalar bilan suhbatda boʻldilar.
Maʼlumot oʻrnida: Dicle davlat universiteti Turkiyaning Diyarbakr viloyatida joylashgan boʼlib, 1973-yilda tashkil topgan. Universitetda ta’lim turk va ingliz tillarida olib boriladi. Universitetning 15 fakulteti, 4 instituti va 12 oliy maktabi mavjud.



