Bugun UrDU madaniyat saroyida "Ozarbayjon va O'zbekiston adabiy aloqalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Unda har ikkala davlat o'rtasida memorandum imzolandi va bu UrDU professor-o'qituvchilari hamda talabalari uchun o'zaro tajriba almashinish imkoniyatini yaratdi. Anjumanda Ozarbayjon davlatidan va Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasidan hamda Toshkent shahridan yetakchi olimlar, san'at va madaniyat xodimlari, shoirlar, yozuvchilar ishtirok etishdi.
