Bugun, 27-dekabr sanasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi Texnika fakulteti jamoasi bilan bo'lib o'tdi.
▪️Rektor uchrashuv avvalida kirib kelayotgan Yangi yil bilan jamoani qizg'in tabrikladi.
Shundan so'ng, oʻtib borayotgan 2022-yil fakultet misolida sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun rejalar belgilab olindi. Xususan, fakultet ilmiy salohiyati, eski yilda qilingan himoyalar soni tahlil qilindi, kafedra aʼzolari tomonidan nashr etilgan ilmiy ishlar muhokama etilib, ilmiy salohiyatni oshirishda faollikka chaqirildi.
▪️Shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasiga to'xtalib, taʼlimni yanada sifatli tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Maʼlumot oʼrnida: Hozirda Texnika fakultetida mavjud 4 ta kafedrada asosiy shtatda 103 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritishadi. Ilmiy salohiyat - 17 % ni tashkil qiladi. So'nggi 2 yilda 1 nafar fan doktori, 2 nafar falsafa doktori ilmiy darajasini uchun himoyalar qilindi.