Texnika fakultetida rasmlar tanlovi hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Bugun, 16-fevral kuni Texnika fakultetida  “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash oyligi”  doirasida rasmlar tanlovi hamda “Giyohvandlikka qarshi kurash va ogohlik - har birimizning burchimiz” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda fakultetning 1-kurs talabalari tyutorlari boshchiligida ishtirok etdi.

Tadbirda Xorazm viloyati Narkologiya dispanseri shifokori D.Eshchanov, Urganch shahar bo'yicha Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish bo'yicha inspektor, katta leytenant D.Atajanov universitet profilaktika inspektopi D.Salayev va fakultet dekani muovini Q.Saidovning maʼruzalari tinglandi.

Shundan soʻng, fakultetning isteʼdodli talabalari “Tog'lik kuyov” spektaklini  yigʻilganlarga namoyish qilishdi. Tadbir yakunida tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi.

urdu.uz, Texnika fakultetida rasmlar tanlovi hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi