Tasviriy san'at insonlarning atrof – muhit va san'at olamidagi go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatadi. Urganch davlat universitetining asosiy oʻquv binosi maʼruzalar zallari qoshida tashkil etilgan doimiy galereya ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Iste'dodli talabalar tomonidan chizilgan rasmlarning eng saralari tanlab olinib, koʼzgazmaga joylashtirilmoqda.
Eng muhimi, ushbu koʼrgazma barchaga estetik zavq ulashmoqda.