Bugun Urganch davlat universitetida Navro'z sayli bo'lib o'tdi. Sayl doirasida bahoriy va milliy taomlar ko‘rgazmasi, Tasviriy san’at va arxitektura yo‘nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari ishtirokida arqon tortish va armresling boʻyicha universitet birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Arqon tortish boʻyicha musobaqada Fizika-matematika fakulteti jamoasi 1-o'rin, RTTM jamoasi 2-o'rin, Texnika fakulteti jamoasi 3-o'rinni qoʻlga kiritishdi.
Musobaqa gʻoliblari Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.
Saylda ayni kunlarda Turkiyaning Ege davlat universitetidan kelib, universitetimizda dars mashgʻulotlarini olib borayotgan mehmonlarimiz ham ishtirok etishdi.






