Hashar xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.
18-mart — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni!
Erta tongdan Urganch davlat universitetida umumxalq hashari uyushqoqlik bilan boshlandi. Ezgu va savobli umumxalq xayriya ishida universitet jamoasi faol ishtirok etmoqda.
Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, ko‘chatlar ekildi, universitet atroflari supurilib, suvlar sepildi. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.