Bugun Urganch davlat universitetida “Konstitutsiyaning yagona muallifi – xalq” shiori ostida yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Tashkiliy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Sh.Atajonov, xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Jumaniyozov hamda UrDU Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O‘zbekstonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol misol bo‘la olganligi ta’kidlandi.