Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori ijrosi yuzasidan bugun, 29-mart kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Ulugʻbek vorislari” Respublika koʻrik-tanlovining Urganch shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda Urganch davlat universitetining bir guruh isteʼdodli talabalari ham ishtirok etdilar.
Gʻoliblar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.