Bugun, 31-mart kuni Urganch davlat universiteti rahbariyatining iqtidorli talabalar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida, shuningdek, yurtimizda 30-aprel kuni oʻtkaziladigan muhim siyosiy jarayon- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi referendumi va amaldagi Konstitusiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar haqida talaba-yoshlarga maʼlumotlar berdi.
Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov taʼlim tizimidagi oʻzgarishlar, universitetda talabalar chuqur bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va oʻquv jarayonining tashkil qilinishi haqida atroflicha soʻz yuritib, talaba-yoshlarni chuqur bilim olishga chaqirdi.
Uchrashuvda talabalarni taklif va tashabbuslari tinglandi. Savollariga javoblar berildi.