“Ma’rifat maydoni” tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Ma’rifat maydoni” respublika ko'rik-tanlovining 3-mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi. 

Tanlovda Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti hamda Buxoro davlat universitetining jamoalari ishtirok etdilar.

 Jamoalar o‘zaro adib hayoti, tezkor savol-javob hamda adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya shartlari asosida bellashdilar.

Oʻzaro qizgʻin kechgan bahslarda universitetimizning “Xorazmiylar” jamoasi faxrli 3-oʻrinni egallab, Diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shu fursatdan foydalanib, ushbu tanlovda sidqidildan, faol ishtirok etgan Filologiya fakultetining iqtidorli, isteʼdodli talaba-yoshlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

urdu.uz, “Ma’rifat maydoni” tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi