UrDU Tabiiy fanlar fakultetida "Butunjahon qushlarni himoya qilish" kuniga bag'ishlab, qushlar bayrami tashkil qilindi.Mamlakatimiz yoshlarida ona tabiatga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish va qushlar olamiga qiziqishni oshirish maqsadidagi ushbu bayram bellashuv shaklida boʻlib, unda Biologiya yoʻnalishi talabalarining "Jannat qushlari", "Humo qushlari" hamda Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishi talabalarining "Qaldirgʻoch" jamoalari 5 ta shart asosida oʻzaro kuch sinashdilar.
Tadbir kuzatuvchilari yurtimizda tarqalgan qushlarning turlari, xilma- xil koʻrinishlari, ularning morfologiyasi va tarqalishi, oziqlanishi, koʻpayishi toʻgʻrisida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.Bellashuvda Ekologiya yo'nalishining “Qaldirg'och” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.