Xorazm musiqali drama teatrining koʻzga koʻringan, faxr-u gʻururiga aylangan Oʻzbekiston xalq artisti, sahna ustasi Gulora Rahimova oʻzining 45 yillik umrini Xorazm teatr sanʻatini rivojlantirishga baxshida etgan fidoiy sanʻat arbobidir.
Badiiy kechada viloyatimizning sanʻat arboblari, yozuvchi va shoirlar, sanʼat ustasi Gulora Rahimovaning kasbdosh doʻstlari, Pedagogika fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Tadbirda Xorazm sanʼat olamining taniqli ijodkorlari soʻzga chiqib, Gulora Rahimovaning ijodiy faoliyati, boy tajribasi, teatr olamidagi oʼrni, voha sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissalarini eʼtirof etib, tabrik soʻzlari, ezgu tilaklarini bildirdilar.
Pedagogika fakulteti talabalari tomonidan badiiy chiqishlar qilindi. Yakunda esa badiiy kecha qahramonidan ijodiy chiqish tuhfa qilindi.