Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!

Joriy yil 6-aprel kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Ahmedova, Yangibozor tuman Kengashi deputati, Zulfiya mukofoti sovrindori Z.Masharipova hamda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov, Filologiya fakulteti professor-oʻqituvchilari, Filologiya va Texnika fakultetlari tyutorlari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlash, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirishga qaratilganligi haqida tushuntirishlar berildi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.

Yakunda talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, savollariga javoblar berildi.

urdu.uz, Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!

urdu.uz, Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!

urdu.uz, Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!

urdu.uz, Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!