2023-yil 6-aprel kuni Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan viloyatdagi korxona va tashkilotlar, tuman, shahar hokimliklari ishtirokida “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini amaliyotga tadbiq qilish boʻyicha tavsiyalar” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari A.Sharopov, Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari M.Atajonov, Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi inspeksiya boshlig’ining o’rinbosarlari D.Yormetov va X.Sitchanovlar tomonidan Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o‘zgarishlar va yangi normalar, kodeksning asosiy vazifalari haqida maʼruzalar qilindi.