Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

Bugun Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti 225- matematika guruhi va 222, 223 - amaliy matematika guruhlari talabalari ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda tyutorlar qatnashdilar.

Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasb-u amalga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. 

Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi. 

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshligʻi X.Shixova talabalar bilan ana shu masalalar yuzasidan atroflicha muloqot qildi.

urdu.uz, Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

urdu.uz, Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

urdu.uz, Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi