Kitobxonlik haftaligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga asosan, Oʼzbekiston Respublikasida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi "Kitobxonlik haftaligi" etib belgilangan.

Shu munosabat bilan Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan hafta davomida yangi kelgan adabiyotlarning ko‘rgazmalari, davra suhbatlari va tanlovlar tashkil etildi.

Bugun, 8-aprel kuni "Kitobxonlik haftaligi"ning yakuniy bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir tanlov shaklida boʻlib, unda universitet talabalari turli badiiy va ilmiy adabiyotlar asosidagi har xil chiqishlar orqali oʻz bilim va mahoratlarini namoyish qildilar. 

urdu.uz, Kitobxonlik tanlovi

urdu.uz, Kitobxonlik tanlovi

urdu.uz, Kitobxonlik tanlovi

urdu.uz, Kitobxonlik tanlovi