Bugun UrDU Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Adolat” partiyasining Xorazm viloyat Kengashi bilan hamkorlikda “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda talabalar, o‘qituvchilar, partiya faollari, deputatlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshligʻi X.Shixova, partiyaning viloyat Kengashi matbuot kotibi Z.Abdullayeva va boshqa ishtirokchilar so‘zga chiqib, mavzu doirasida maʼruza qildilar.
Uchrashuvda yangilanayotgan Bosh qonunimizning mazmun va mohiyati, ahamiyati haqida alohida toʻxtanildi. Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning xohish – irodasiga aylanib bormoqda. Loyiha yuzasidan o‘tkazilgan umumxalq muhokamasida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani fuqarolarimizning yangi tahrirdagi Asosiy qonunimizga bo‘lgan juda katta qiziqish va e’tibor bilan yondoshganliklarini ifoda etadi. Tadbirda talabalar konstitutsion bilim va ko‘nikmalar bilan boyitildi.