Urganch Avtomobil va yoʻllar texnikumi bitiruvchilari bilan uchrashuv

Bugun UrDU Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Xodjaniyozov va Pedagogika fakulteti dekani A.Xudayberganovlar Urganch avtomobil va yoʻllar texnikumida boʻlishdi. Texnikum direktori boshchiligida muassasaning bitiruvchi yoshlari bilan uchrashishdi. 

Uchrashuvda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida toʻxtaldilar, oʻquv muassasasi faoliyati va yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi bilan qiziqdilar.
Germaniyada ishlashni xohlovchi oʻquvchilar uchun Urganch davlat universitetida bepul nemis tili toʻgaraklarini tashkil qilinishini taʼkidlandi. Yevropa mamlakatlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyoj oshib borayotgani sababli maxsus dasturlar boʻyicha xorijiy tillarni mukammal oʻrgangan texnikum bitiruvchilarini rivojlangan xorijiy davlatlarga ishga yuborish maqsad qilingani aytildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

urdu.uz, Urganch Avtomobil va yoʻllar texnikumi bitiruvchilari bilan uchrashuv