Kinematografiya agentligi tomonidan tashkil etilgan referendumoldi “Kinokarvon “ aksiyasi oʻz ishini Xorazm viloyatida davom ettirmoqda.
“Seni sog‘indik bahor” shiori ostidagi “Kinokarvon “ aksiyasi doirasida bugun "Baron-2" filmi ijodkorlari, jumladan, film rejissyori Rustam Sagdiyev, taniqli aktyor Farxod Maxmudov hamda aktrisalar Anjelika Yesimbetova, Shaxsanem Abdijamilova Urganch davlat universitetida boʻlishdi.
Elimiz suygan sanʼatkorlarni universitet jamoasi iliq qarshi oldi. Uchrashuv avvalida ijodkorlar tomonidan yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlar eʼtirof etilib, yangilanayotgan Konstitutsiya xalqimizning yanada farovon turmush tarzi va inson qadri uchun xizmat qilishi taʼkidlandi. Kino olamidagi yangiliklar tilga olindi. Qiziqarli suhbatlar, ijodiy chiqishlar va savol-javoblar boʻldi.
Shundan soʻng “Baron-2” filmi premyerasi talaba-yoshlar eʼtiboriga havola etildi.