Konstitutsiya — o'zimizniki!

Xabaringiz bor, 30-aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon referendum bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Bugun UrDU Xorijiy filologiya fakultetining volontyor tarjimonlar jamoasi ishtirokida "Konstitutsiya — o‘zimizniki!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Maʼruzachi UrDU "O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi" kafedrasi dotsenti Sh.Samanova tomonidan insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi moddalari haqida ma’lumotlar berildi.Tadbir so'ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

urdu.uz. Konstitutsiya — o'zimizniki!

urdu.uz. Konstitutsiya — o'zimizniki!

urdu.uz. Konstitutsiya — o'zimizniki!

urdu.uz. Konstitutsiya — o'zimizniki!