Oliygohimizda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining birinchi yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik tanlovda Tabiiy fanlar fakultetining “Oliftalar”, Tarix fakultetining “Qoshullilar”, Xorijiy filologiya fakultetining “Xorijlik o'zbeklar” va Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetining “Agromiks” jamoalari kuch sinashdi.
Bellashuv natijalariga ko'ra Xorijiy filologiya fakultetining “Xorijlik o'zbeklar”, Tarix fakultetining “Qoshullilar” va Tabiiy fanlar fakultetining “Oliftalar” jamoalari keyingi bosqichga yo‘l oldilar.
Eslatib oʻtamiz, 20-aprel kuni 2-yarim final bosqichi boʻlib oʻtadi.
Oʼz fakultetingiz jamoasini qoʼllab-quvvatlang!