Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi

Joriy 17-aprel kuni O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining faxriy a'zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti faxriy professori, "Bobur" nomidagi xalqaro fondning Ozarbayjondagi maxsus vakili, "Do'stlik" ordeni sohibasi ozarbayjonlik navoiyshunos olima  Almaz Ulvi Filologiya fakulteti talabalariga "Navoiyshunoslik" fanidan ma'ruza mashg'ulotlarini boshladi.

Maʼruza avvalida Filologiya fakulteti dekani D.G'ayipov talabalarni olima Almaz Ulvi faoliyati hamda ikki mamlakatning istiqbolli hamkorlik aloqalari haqida yaqindan tanishtirdi. 
Shuningdek, mehmon Almaz Ulvi o'zining O'zbekiston xalqiga, xususan, Xorazm eliga cheksiz hurmatini izhor qildi va ushbu tashrifdan g'oyat mamnun ekanligini bildirdi. 

Eslatib oʻtamiz, professor Almaz Ulvining ma'ruza mashg'ulotlari shu yilning 29-apreligacha davom etadi.