Joriy yil 17-aprel kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Referendum va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda UrDU Birinchi prorektori S.Davletov so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli yangilanishlar, kostitutsion islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya va undagi tarixiy o‘zgarishlar to‘g‘risida maʼruza qildi.
Shundan so`ng, tadbir mehmoni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo’limi rahbari G.Ibodullayevaning konstitutsion o’zgarishlarning ahamiyati, insonning huquq erkinliklari kafolati haqidagi fikrlari tinglandi. Yangilanayotgan qomusiy hujjatimizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, vatanga sadoqat, yurt kelajagiga daxldorlik masalalari va yoshlar uchun imkoniyatlarga alohida toʻxtalib, tahlil qilindi.
Tadbir yakunida talabalar shoiraning ijod namunalaridan ham bahramand boʻldilar.