“Kitobxon talaba” respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugun, 18-aprel kuni  Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma'naviy savodxonlikni kuchaytirishga qaratilgan “Kitobxon talaba” Respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Xorazm viloyatidagi davlat oliy taʼlim muassasalarining universitet bosqichi gʼoliblari ishtirok etdilar. 

Talabgorlar “Eng bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish” shartlarida oʻzaro kuch sinashdilar.

Natijalarga koʻra, Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Rahimboyeva Mahliyo gʻolib deb topilib, tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

urdu.uz, “Kitobxon talaba” respublika koʻrik-tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi