Ramazon-saxovat va koʻmak oyi

Bugun, 19-aprel kuni Urganch davlat universiteti  Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Temir daftar”ga kirgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj universitet talaba-qizlari va ishchi-xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Unda senator F.Sa’dullayeva, prorektorlar S.Xodjaniyozov va Z.Ibragimov, Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i Q.Yo’ldashov hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayevalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda respublikamizda olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklar va imtiyozlar, yangilanayotgan Konstitutsiya loyihadagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar  haqida soʻz yuritildi. 

Muloqot yakunida kirib kelayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan ezgu niyat va istaklar bildirildi, ishchi-xodimlar va talaba-qizlarning bir guruhiga bayram tuhfalari taqdim etildi. 

urdu.uz, Ramazon-saxovat va koʻmak oyi

urdu.uz, Ramazon-saxovat va koʻmak oyi

urdu.uz, Ramazon-saxovat va koʻmak oyi

urdu.uz, Ramazon-saxovat va koʻmak oyi