Shu yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yoshlar balansi” asosida Urganch davlat universiteti rektoriga biriktirilgan 55 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish yuzasidan 19-aprel kuni rektor Baxrom Abdullayev Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Sanjar Davletov va Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda Shovot tumanidagi nogironligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv mobaynida ishga joylashish, tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish, ish yuritish maqsadida texnik jihozlar bilan ta’minlash kabi masalalarda ko‘mak istab kelgan, ijtimoiy ehtiyojmand, davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan yoshlarning muammo va takliflari tinglandi.
Har bir yosh bilan suhbat jarayonida hayot yo‘lini topishi uchun maslahatlar berildi. Chet tillarini, zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi.
Shuningdek, bir guruhlar yoshlarning xonadonlarida boʻlishdi.
Darhaqiqat, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash ularga yetarli sharoit yaratib berish, ayniqsa, jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lgan imkoniyati cheklangan insonlarning rivojlanishiga ko‘mak berish bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.