Bugun shogirdlari davrasida hurmat va izzatda eʼzozlanayotgan, umrini ilmga baxshida aylagan, uzoq yillar davomida Urganch davlat universitetida samarali faoliyat olib borib, talabalarning chuqur bilim olishida oʼz hissasini qoʼshib kelayotgan qadrli ustozimiz Satipov Gʻayipnazar Matvapayevich muborak 75 yoshni qarshiladilar.
Turon Fanlar akademiyasining akademigi, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Satipov Gʻayipnazar Matvapayevich Tabiiy fanlar fakultetining "Biologiya" kafedrasida uzoq yillar davomida ilmiy va pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Ustozning ilmiy-ijodiy faoliyatiga doir izlanishlari va hayoti yoʻllari "Ilmga baxshida umr" kitobida yaqinlarining eʼtiroflari ila muhrlandi.
Bugun nafaqat ilm-u fan sirlari balki odamiylik saboqlarini ham o‘rgatib kelayotgan ustozni hurmatlab, oʻzlarining samimiy tilak-istaklari ila shogirdlari jam boʻlgan davra, goʻzal xotiralar va dil izhorlari bilan yanada fayzli boʻldi.
Shu fursatdan foydalanib, ushbu kunda professor Satipov Gʻayipnazar Matvapayevichga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hamkasblar ardog‘i, shogirdlar hurmat-eʼzozi, farzandlar kamoli Sizni umr boʻyi tark etmasin.
Tabarruk 75 yoshingiz muborak bo‘lsin!