O'zbekiston yoshlar ittifoqi Urganch davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan universitetda tahsil oluvchi iqtidorli talaba-yoshlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan "Munozara" tanlovining universitet bosqichi o'z yakuniga yetdi.
"Munozara" intellektual bahslarining universitet bosqichi ikki kun davom etib, bugungi bahslarda:
Xorijiy o'zbeklar (Xorijiy filologiya fakulteti);
Liderlar (Tarix fakulteti);
Uchqun (Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti);
Iqtisodchilar (Iqtisodiyot fakulteti)
jamoalari o'zaro qizgʻin bellashdilar.
Yakunda “Xorijiy o'zbeklar” jamoasi g'olib bo'lib, May oyida o'tkaziladigan hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.