"15-may –Xalqaro oila kuni" munosabati bilan bugun Urganch davlat universitetida UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashining “Qizlarjon” klubi, Yoshlar Ittifoqining “Qizlar ovozi”, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining “Ayollar qanoti”, Urganch shahar 3-sonli “Ma’rifat” mahallasining “Oqila ayollar” harakati hamda Urganch shahridagi 53008-harbiy qism bilan hamkorlikda “Qaynonam ham onam” mavzusida ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi.
Ushbu ko’rik-tanlovni o’tkazishdan maqsad talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni oilada uchrab turadigan vaziyatlar va ularni yechimini ko’rsatib berishdan iborat.
Tanlovda Xorijiy filologiya, Iqtisodiyot, Pedagogika, Tabiiy fanlar fakultetlari o’qituvchi ayol va talaba-qizlari 3 shart davomida oʼzaro bellashdi. Natijalarga koʼra:
1-o’rin: Eshniyozova Yulduz (Iqtisodiyot fakulteti);
2-o’rin: Polvonnazirova Roza (Xorijiy filologiya fakulteti);
3-o’rin: Akimova Nodiraxon (Xorijiy filologiya fakulteti).
G’oliblar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.